Ushbu tanlov milliy marketing  mutaxassislari va iste'molchilar tomonidan ilk bor onlayn tarzida ovoz berish orqali o'tkazilgan bo'lib, unda "Yil brendi” sifatida e'tirof etilganlar qatorida “O'zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar ham o'rin oldi.

Xususan, "Yilning eng yaxshi salqin ichimligi" nominatsiyasida  mutaxassislar va iste'molchilar "Coca Cola" ichimligini bir ovozdan g'olib deb topishdi.

Kolbasa mahsulotlari so'rovnomasida esa eng yaxshi brend deya ”Rozmetov” tan olindi.

SHuningdek, qandolat mahsulotlari yo'nalishida  "Crafers" "Yil brendi" mukofotga sazovor bo'ldi.

Ma'lumot o'rnida, "Yil brendi" mukofoti O'zbekiston bozorida o'z marketing g'oyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan eng faol kompaniyalarga beriladi. Loyihaning maqsadi — ichki bozorda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan kompaniyalarni aniqlash, qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, shuningdek, yurtimizda tadbirkorlik, marketing va reklama xizmatlari bozori infratuzilmasi rivojlantirishni ko'zda tutadi.