O'zbekistonning 11 nafar va Qirg'izistonning 6 nafar fuqarosi Toshkentga evakuatsiya qilindi

    Voqea-hodisalar 9 Fevral 2023 2444

    Qutqaruvchilarimizning vayronalar ostidan olgan jasadlarining umumiy soni 50 nafarga etdi.

    Turkiyaning Hatay viloyatidagi qidiruv-qutqaruv jarayonlariga jalb etilgan qutqaruvchilarimizdan yaqinda yangi ma'lumotlar kelib tushdi.

    Oxirgi soatlar mobaynida O'zbekiston FVV xodimlari tomonidan halok bo'lganlar vayronalar ostidan yana chiqarib olindi. Qutqaruvchilarimizning vayronalar ostidan olgan jasadlarining umumiy soni 50 nafarga etdi. Avval xabar berilganidek, bugun erta tongda O'zbekistondan navbatdagi insonparvarlik yordami Hatayga etkazildi.

    Mazkur bortning otrga qaytishida vayronkor zilzilada jabrlangan O'zbekistonning 11 nafar va Qirg'izistonning 6 nafar fuqarosi Toshkentga evakuasiya qilindi.