Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi elchisi tayinlandi

    Oybek Usmonov Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlandi.

    Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

    U Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning filologiya va sharqshunoslik fakultetini tamomlagan, 2020-2024-yillarda Pokistondagi elchi lavozimida ishlagan.

    Oybek Usmonov 1998-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparatda va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda.

    Kobulga tayinlanishidan oldin u Misr va Pokistondagi elchi, 2011-2012-yillarda esa Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.

    Pashtu-dari va ingliz tillarini mukammal biladi.

    Oybek Usmonov 2012-2024-yillarda Kobulda elchi boʻlib ishlagan Yodgorxoʻja Shodmanov oʻrniga tayinlandi.