“Dunyo“ AAning xabar berishicha, rasmiy marosimdan soʻng prezident qarorgohida boʻlib oʻtgan muloqotda Oʻzbekiston va Albaniya oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Albaniya rahbari Bayram Begay Oʻzbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va ularning natijalarini yuqori baholadi.

Har ikki tomon munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga tayyorligini tasdiqladi.