Bu haqda ATTO kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
«Tez orada Qirgʻiziston fuqarolari Oʻzbekiston shaharlari boʻylab sayohat haqini Tulpar kartalari bilan, Oʻzbekiston fuqarolari esa Bishkekda ATTO kartalari orqali toʻlashlari mumkin boʻladi. Faol rivojlanayotgan turizm sharoitida bunday hamkorlik ikki mamlakat aholisining sayohatlarini yanada qulay qiladi, deb taʼkidladi kompaniya matbuot xizmati.
Ikki tizimni birlashtirishga tayyorgarlik texnik ishlab chiquvchilar tomonidan allaqachon boshlangan.