Unda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ishtirok etib, nutq soʻzladi.
Unda 100ga yaqin mamlakatlardan media vakillari, yirik platformalar, jumladan Bollywood, Amazon vakillari, Shoxruxxon singari dunyo kino yulduzlari qatnashmoqda.
Mumbaydagi “Jio Convention Center” markazida 5-maygacha davom etadigan ushbu xalqaro sammitda oʻzbekistondan Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.b. X.Salimov, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sh.Qudratxoʻja, “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari bosh muharriri S.Doniyorov, Oʻzbekistoning Hindistondagi elchixonasi masʼul xodimi S.Suyarov, OʻzJKU prorektori N.Murodova, Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi masʼul xodimi U.Yoqubov, kinematografiya agentligidan S.Rajabov va Gʻ.Hoshimov, jami 8 kishi ishtirok etmoqda.
Kecha kunning ikkinchi yarmida oʻtayotgan sammit sessiyalarida media sohasida sunʼiy aql, texnologik innovatsiyalar, yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash, xalqaro hamkorlik va madaniy almashinuv asosiy yoʻnalishlar sifatida koʻtarilmoqda.
Ayni paytda sammit oʻz ishini davom ettirmoqda.









