Joriy yilning 1-8 may kunlari O'zbekiston Respublikasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan O'zbekistondagi biznes iqlimini baholash maqsadida 451 korxonaning iqtisodiy ko'rsatkichlari so'rovnoma usuli bilan o'rganildi.

Oldin xabar berilganidek, so'rovnomaning maqsadi O'zbekistondagi biznes iqlimini baholash. So'rovnomada ishtirok etish uchun quyidagi havolaga o'ting: t.me/businessclimate_bot.

Ma'lumot uchun: Baholash Germaniyaning IFO instituti tomonidan ishlab chiqilgan “Biznes iqlimi indeksi” metodologiyasi asosida amalga oshirilgan.

Biznes iqlimini baholash uchta ko'rsatkichdan iborat:

  • Biznesning hozirgi holatini baholash. Ko'rsatkichni hisoblash “YAxshi” va “YOmon” javoblari farqi orqali amalga oshiriladi. Quyidagi qiymat -100 puntkdan (barcha respondentlar biznesning joriy holatini yomon deb baholaydi) 100punktgacha (barcha respondentlar biznesning joriy holatini yaxshi deb baholaydi) o'zgaradi.
  • Keyingi 2-3 oy ichida biznesning rivojlanish istiqbollari. Ko'rsatkichni hisoblash “YAxshilanadi” va “YOmonlashadi” javoblari farqi orqali amalga oshiriladi. Quyidagi qiymat -100 puntkdan (respondentlar iqtisodiy ahvoli yomonlashuvi kutiladi) 100punktgacha (respondentlar iqtisodiy ahvoli yaxshilanilishi kutiladi) o'zgaradi.
  • Biznes iqlimining qiymatiyuqorida ko'zda tutilgan 2 ta ko'rsatkichning o'rtacha balans qiymati asosida hisoblanadi. Quyidagi qiymat -100 puntkdan (barcha respondentlar biznesning hozirgi holatni yomon deb baholaydi va biznes iqlimning yomonlashuvi kutiladi) 100 punktgacha (respondentlar biznesning hozirgi holatini yaxshi deb baholaydi va biznes iqlimning yaxshilanishi kutiladi) o'zgaradi.

Biznesning joriy holat qiymati va biznesning rivojlanish istiqbollari qiymati orasidagi bog'liqlik mamlakatdagi keyingi 2-3 oyda iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini belgilaydi.

O'zbekistondagi biznes iqlimini baholash natijalariga ko'ra quyidagilar aniqlandi:

Biznesning joriy holat ko'rsatkichi 26 punktni tashkil etdi. Bu shuni anglatadiki, biznesning joriy holati bilan bog'liq ishbilarmonlik kayfiyatlari o'rta darajada ijobiydir.

Respondentlar tomonidan jami 451 ta korxonaning 34 %i - “YAxshi”, 46 %i - “Qoniqarli” va 19 %i - “YOmon” ahvolda deb baholandi.

Keyingi 2-3 oy ichida biznesning rivojlanish istiqbollari ko'rsatkichi 43 punktni tashkil etdi, ya'ni tadbirkorlarning keyingi 2-3 oyda o'z bizneslarini rivojlanish istiqbollariga nisbatan umidlari ijobiydir.

SHuningdek, respondentlar tomonidan jami , 451 korxonadan 52 %i - “YAxshilanadi”, 33 %i - “O'zgarmaydi”, 14 %i - “YOmonlashadi” deb baholandi.

Bunda biznes iqlimi ko'rsatkichi 35 punktni tashkil qildi, ya'ni O'zbekistondagi biznes iqlimi “YAxshi” deb baholanmoqda. Iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan, biznesning hozirgi holati qiymati va biznesning rivojlanish istiqbollari qiymati o'rtasidagi bog'liqlik mamlakat iqtisodiyoti yaqin 2-3 oy ichida jadal rivojlanishni boshdan kechirishini anglatadi.

Ma'lumot uchun: biznes iqlimga o'xshash ko'rsatkichlar Rossiyada (-7), Qozog'istonda (2) o'tgan oyga nisbatan keskin pasayishni ko'rsatdi.

Ilgari Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi aprel` oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksini (IFI) e'lon qilgan edi, unda nafaqat oldingi oyga, balki o'tgan yilning shu oyiga nisbatan salbiy o'zgarishlar yuz berdi. IFI pasayishining asosiy sababi 2020 yil mart oyi oxirida respublikaning barcha hududlarida karantin joriy etilgani deb hisoblanmoqda.

Ta'kidlash joizki, statistika ma'lumotlari asosida ishlab chiqilgan va ishbilarmonlik faolligini baholaydigan ma'muriy va miqdoriy ko'rsatkichlarni ko'rsatadigan IFI dan farqli o'laroqO'zbekistonning biznes iqlimi indeksi ikkita yo'nalishda so'rov o'tkazish yo'li bilan hisoblab chiqilgan: biznesning hozirgi holati va keyingi 2-3 oy ichida biznesning rivojlanish istiqbollarini baholash.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ushbu so'rovnomada ishtirok etgan tadbirkorlarga va korxonalar vakillariga minnatdorchilik bildiradi.

Keyingi so'rovnoma joriy yilning may oyining oxirida o'tkaziladi.

 Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar

markazi jamoatchilik bilan aloqalar xizmati