Oʻzbekistonning BMT boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi yangi doimiy vakili Jenevaga tashrif buyurdi

    Oʻzbekistonning BMT boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi yangi doimiy vakili Eldiyor Toshmatov Jenevaga tashrif buyurdi va oʻz vazifalarini bajarishga kirishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

    Jenevaga tayinlanganiga qadar u Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi. Yangi doimiy vakil 41 yoshda. Eldiyor Toshmatov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Toshkentdagi Webster universitetini tamomlagan.

    Diplomat mehnat faoliyatini Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) boshlagan. 2008-yilda TIVda attashelikdan boshlab Oʻzbekistonning Jenevadagi Doimiy vakolatxonasi maslahatchisigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. 2017-2019-yillarda tashqi ishlar vaziri yordamchisi, uning Kotibiyati rahbari, keyinchalik TIVning Tashkiliy-nazorat boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2022-yildan buyon Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Kotibiyatiga rahbarlik qilib kelayotgan edi.

    Ingliz, nemis, rus, turk tillarini mukammal biladi.

    Eldiyor Toshmatov Jenevada 2023-yil avgustidan buyon mamlakatimizning BMTning Nyu-Yorkdagi doimiy vakolatxonasiga rahbarlik qilib kelayotgan Ulugʻbek Lapasov oʻrniga tayinlandi.