Oʻzbekistonning bolalarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha davlat siyosati eʼtirof etildi

    Ispan tilidagi “El Mundo Financiero” xalqaro nashri veb-saytida “Oʻzbekistonda bolalarni ijtimoiy himoya qilish” sarlavhali maqola joylashtirildi.

    Unda qayd etilganidek, Oʻzbekistonda bolalarni ijtimoiy himoya qilish Oʻzbekiston davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi.

    “Aholining 40 foizini bolalar tashkil etadigan Oʻzbekiston uchun bolalar huquqlarini har tomonlama taʼminlash va himoya qilish oʻta muhim ahamiyatga ega. Bola huquqlarini taʼminlashga qaratilgan 40 dan ortiq qabul qilingan qonunchilik-huquqiy hujjatlari buning tasdigʻidir, Ular asosida bolalarning maʼnaviy, intellektual, jismoniy va ahloqiy rivojlanishiga koʻmaklashishning huquqiy mexanizmi yaratilgan”, deb yozadi manba.

    Maqolada, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Oʻzbekiston Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili oʻrinbosari (Ombudsman) – Bolalar huquqlari boʻyicha vakil lavozimi tashkil etilgani ham maʼlum qilingan.

    “Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish Oʻzbekistonda bozor islohotlari milliy modelining eng muhim tamoyilidir”, deb yozadi “El Mundo Financiero”.