Buyuk Britaniyada joylashgan “The Economist Intelligence Unit” kompaniyasi tomonidan yuritiluvchi Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksining 2020-yil yakunlari boʻyicha eʼlon qilingan navbatdagi nashrida Oʻzbekiston Respublikasi 2,12 ball bilan 155-oʻrinni egallab, 2 pogʻona ijobiy oʻsishga erishdi va ushbu natija indeksning “Siyosiy ishtirok” indikatori boʻyicha mamlakatimizga berilgan ballar sezilarli yaxshilanganligi evaziga erishilgan.

Umuman olganda, Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksining yangilangan nashridagi tahlillar, birinchi navbatda, mamlakatimizda siyosiy-huquqiy sohada olib borilayotgan islohotlar salbiy oʻzgarishlarsiz barqaror davom etayotganligidan darak beradi.

Shu bilan bir qatorda, ekspert guruhi tomonidan mintaqa mamlakatlari, shu jumladan, Oʻzbekistonga berilgan umumiy taʼrifda oxirgi yillarda hukumatning va siyosiy partiyalarning siyosiy qarashlariga ishonch ortib borayotganligi alohida qayd etilgan.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi