Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni qariyb 38 mln nafarga yetmoqda

    2025-yilning 1-iyul holatiga Oʻzbekistonda doimiy aholi soni qariyb 37 859 698 kishini tashkil etgan.

    Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, bu koʻrsatkich, 2024-yilning mos davriga nisbatan 2 foizga oshgan.

    Shundan:

    • Ayollar soni – 18,8 mln kishi
    • Erkaklar soni – 19,1 mln kishi
    • Shahar joylarda – 19,3 mln kishi
    • Qishloq joylarda – 18,6 mln kishi