Yosh avlod energiyani toza manbalardan olishi, madaniyat esa odamlarni birlashtiruvchi kuch boʻlishi biz uchun juda muhim, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva oʻzining Telegram kanalida.
“EXPO-2025” doirasida Yaponiyada Alibek Kabdurahmonov boshchiligidagi Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri sahnaga chiqdi.
Yaponiyada sozandalarimizni yaxshi bilishadi va qadrlashadi. Shu bois bu konsert Quyosh chiqar yurt aholisi uchun chinakam sovgʻa boʻldi, — deydi u.
Dastur doirasida gala-konsert, shu jumladan Amatobu Kaguraning Oʻzbekiston bilan Yaponiya oʻrtasidagi azaldan doʻstona aloqalarni madh etuvchi Celestial Dance / 天翔神楽 nomli yangi asarining jahon premyerasi boʻlib oʻtdi.