Kecha, 22-avgust kuni OCHL saralash bosqichida Oʻzbekistonning ikki klubi kuni oʻz oʻyinlarini oʻtkazdi.
Namanganning "Navbahor" jamoasi "Al-Vakra"ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy boʻlimlarida hisob ochilmadi. Gʻolib nomini aniqlash uchun belgilangan qoʻshimcha boʻlimlarda namanganliklar hisobni ochdi. 98-daqiqada Doniyor Abdumannopov oʻz hisobiga gol yozdirib qoʻydi. Qolgan daqiqalarda esa gol urilmadi va Samvel Babayan jamoasi OCHL guruh bosqichiga yoʻl oldi.
Yana bir bahsda AGMK "Al-Arabi"ga qarshi maydonga tushdi. Birinchi boʻlimda darvozalar ishgʻol etilmadi. Ikkinchi boʻlimda esa Ruben Sanches olmaliqliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu gol oʻyinda yagonaligini saqlab qoldi va AGMK ham OCHL guruh bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Shu tariqa 2016-yildan soʻng ilk bor Oʻzbekistonning 4 klubi OCHL guruh bosqichida ishtirok etadi.
Qayd etish mumkin, 24-avgust kuni soat 13:00 da OFK bosh qarorgohida Chempionlar ligasining yangi mavsumiga qurʼa tashlanadi.
Qurʼada "Paxtakor" 1-savatdan, "Nasaf" 2-savatdan joy oladi. Shuningdek, saralash orqali musobaqaga qoʻshilgan "Navbahor" hamda AGMK jamoalari 4-savatdan oʻrin egallaydigan boʻldi.