Zoyir Mirzayev Olmaliq shahridagi “Yangi O'zbekiston” massivi loyihasi bilan tanishdi

    Bugun Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev Olmaliq shahrida bo'ldi. Tashrif mobaynida viloyat rahbariga Olmaliq shahrining 5/3 dahasiga qurilayotgan "Yangi O'zbekiston" massivi loyihasi taqdimot qilindi.

    Viloyat rahbari massiv taqdimoti bilan tanishar ekan, uylar qurilishi sifatiga hamda salohiyatli quruvchilarni jalb etishga alohida to'xtalib, bu borada mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berdi.

    Ma'lumot o'rnida, ayni vaqtda shaharda "Yangi O'zbekiston" massivi barpo etilishining 1-bosqichi boshlangan bo'lib, 5 ta ko'p qavatli uyning qurilish jarayoni ham jadal ketmoqda. Bir necha kundan so'ng mazkur massivga yana 10 ta 16 qavatli uy qurilishi bo'yicha tender tanlovi o'tkaziladi.

    Shuningdek, Zoyir Mirzayev Olmaliq shahriga safari davomida "Evalak" mahallasida"Yashil makon" harakati doirasida olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishdi. 270 tup pavlovniya va 1000 tup terak ko'chatlari ekilgan mazkur hudud atrofida sayilgoh bunyod etilishi belgilanib, viloyat rahbari tomonidan mutasaddilarga qo'shimcha ko'rsatmalar berildi.

    Toshkent viloyati hokimligi

    Axborot xizmati