Oʻzbekistonning IT sohasi imkoniyatlari Yapon telekanali orqali yoritildi

    Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov intervyu berdi.

    Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda IT sohasida chet elliklarga va hamyurtlarimizga yaratilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, IT eksport hajmi sezilarli darajada oshdi.

    Shu asnoda, Yaponiya davlatida faoliyat olib boruvchi NHK BS1 telekanali tomonidan tayyorlagan koʻrsatuvda Oʻzbekistonda IT sohasining rivojlanishi haqida soʻz boradi.

    Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov intervyu berib, Oʻzbekistonning IT sohasidagi potensiali hamda mamlakatimizni IT habga aylantirish yoʻlida xorijiy IT kompaniyalar va mutaxassislarga yaratilayotgan sharoitlar haqida maʼlumotlar taqdim etgan.