O'zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi vafot etdi

    Tashvishli xabar 18 Iyun 2024 610

    U 25 yil davomida O'zbekistonning Seuldagi diplomatik vakolatxonasini boshqargan.

    O'zbekistonning Koreya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Vitaliy Fen vafot etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.


    Fen 25 yil davomida O'zbekistonning Seuldagi diplomatik vakolatxonasini boshqargan. U “Fidokorona xizmatlari uchun” va “Mehnat shuhrati”, shuningdek, Janubiy Koreyaning “Gvangxva” ordenlari bilan taqdirlangan.