Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi borasidagi saʼy-harakatlari yangi bosqichda

    Voqea-hodisalar 8 Iyun 2022 1962

    Jahon savdo tashkiloti kotibiyati Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha Ishchi guruhining navbatdagi 5-yigʻilishi oʻtkaziladigan sana toʻgʻrisida xabarnoma tarqatdi.

    U 2022-yil 21-22-iyun kunlari Jenevada boʻlib oʻtadi.

    Tashkilotga aʼzo boʻlish Oʻzbekiston uchun mutlaq ustuvor yoʻnalish boʻlib, uning natijasida mamlakatimizning jahon iqtisodiy munosabatlariga va koʻp tomonlama savdo tizimiga yanada integratsiyalashuviga erishiladi.

    Shu munosabat bilan, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan yangi formatdagi smart-reliz – infografika tayyorlanib, unda Oʻzbekiston tomonidan bu muhim jarayonda hozirgi kungacha amalga oshirilgan ishlar koʻlami toʻliq aks ettirishga urinildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.