O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqi va Prezidentiga samimiy qutlovlar

    Hukumat 31 Dekabr 2020 6190

    Ayni damlarda butun dunyoda bayram shukuhi kezib yuribdi. Barcha uchun sinovli yil ortda qolib, yangi 2021 yil kirib kelmoqda. Shu fayzli pallada har bir inson ezgu umidlar bilan o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yadi, do‘stu qardoshlariga ham yaxshiliklar tilaydi.

    Yangi yil bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

    Ularda joriy yilgi xatar va qiyinchiliklarga qaramay, mamlakatimiz bilan hamkorlik izchil rivojlangani ta’kidlanib, kelgusida o‘zaro munosabatlar yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirilgan.

    Davlatimiz rahbariga sihat-salomatlik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik, farovonlik va ravnaq tilab, ezgu niyatlar izhor etilgan.

    Jumladan, o‘z tabriklarini quyidagilar yubordilar:

    Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin;

    Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin;

    Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp;

    Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an;

    Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel;

    Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev;

    Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;

    Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;

    Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;

    Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchisi Talant Mamitov;

    Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;

    Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko;

    Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan;

    Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani;

    Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In;

    Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy;

    Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon;

    Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum;

    Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;

    Quvayt Davlati Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;

    Daniya Qirolichasi Margrete II;

    Norvegiya Qiroli Xarald V;

    Vengriya Prezidenti Yanosh Ader;

    Polsha Respublikasi Prezidenti Anjey Duda;

    Latviya Respublikasi Prezidenti Egils Levits;

    Irlandiya Respublikasi Prezidenti Maykl Xiggins;

    Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yoqub;

    Mo‘g‘uliston Prezidenti Xaltmaagiyn Battulg‘a;

    Yangi Zelandiya General-gubernatori Petsi Reddi;

    Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko;

    Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Mixail Mishustin;

    Xitoy Xalq Respublikasi Raisining o‘rinbosari Van Sishan;

    Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Ketsyan;

    Yaponiya parlamentining Maslahatchilar palatasi prezidenti Akiko Santo;

    Singapur Respublikasi Bosh vaziri Li Syan Lun;

    Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban;

    Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Norov;

    Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev;

    Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO) Bosh kotibi Yens Stoltenberg;

    Yevropa Markaziy banki prezidenti Kristin Lagard;

    Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Kunio Mikuriya;

    Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Bosh kotibi Bag‘dat Amreyev.

    Qutlovlar kelishi davom etmoqda.