Saylovda Kuvaytda istiqomat qilayotgan va mehnat faoliyati bilan shugʼullanayotgan fuqarolarimiz ochiq-oshkora, milliy saylov qonunchiligi talablariga muvofiq tarzda ovoz berish jarayonida faol ishtirok etmoqda.
Saylovchilar saylov uchastkasida joylashtirilgan beshta siyosiy partiyadan Prezidentga nomzodlar va ularning saylovoldi dasturlari toʼgʼrisidagi maʼlumot bilan tanishib, oʼzlari tanlagan nomzodga ovoz bermoqdalar.
Barcha saylovchilar bugun oʼtkazilayotgan Prezident saylovlari Yangi Oʼzbekistonning ravnaqi va taraqqiyoti uchun muhimligini alohida eʼtirof etmoqdalar. Shu nuqtai-nazardan mustaqil mamlakatimiz kelajagiga befarq boʼlmagan har bir fuqaro oʼzining Konstitutsion huquqidan foydalanib, eng munosib nomzodni saylaydi”, degan yakdil fikrlar mavjud.
Saylov jarayoni tinch, osoyishta va koʼtarinki ruhda oʼtmoqda.
G'ayrat Zunnunov, fuqaro:
– Kuvayt davlatidagi elchixonamizda Oʼzbekiston Respublikasi Prezident saylovini oʼtkazuvchi saylov uchastkasi tashkil etilib, unda ovoz berish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Kuvaytda istiqomat qilayotgan va mehnat faoliyati bilan shugʼullanayotgan vatandoshlarimiz oʼz konstitutsion huquqlaridan foydalanib, ovoz berish uchun kelmoqdalar. Ular orasida turli kacb egalari, xususan shifokorlar, oʼqituvchilar, tarjimonlar, sport va madaniyat xodimlari bor.
Vatandoshlarimiz mamlakatimiz kelajagi uchun muhim boʼlgan katta siyosiy tadbirda faol ishtirok etib, oʼzlari xohlagan nomzodga ovoz berishlariga ishonaman.