Ж.Унгбо Oʻzbekistonni XMTning Maʼmuriy Kengashi aʼzoligiga saylangani bilan samimiy qutlab, Oʻzbekistonda mehnat munosabatlari yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.
Erishilgan natija va tajribani namuna sifatida mintaqa, qolaversa, jahon mamlakatlariga keng targʻib qilinayotganligini maʼlum qildi.
Muloqot davomida munosib mehnat tamoyillarini tizimli tatbiq etish ishlarini yanada takomillashtirish, shuningdek, XMT bilan ijtimoiy adolat Global koalitsiyasi doirasida olib borilayotgan hamkorlik munosabatlariga alohida eʼtibor qaratildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.
Suhbat chogʻida Ж.Унгбонинг Oʻzbekistonga birinchi rasmiy tashrifi dasturi yuzasidan ham fikr almashildi.