Unda senatorlar, vazirlik va idoralar vakillari, mutaxassis olimlardan iborat tarkibda tuzilgan ishchi guruh tomonidan Oʻzbekistonning migratsiya strategiyasi loyihasini tayyorlash boʻyicha ish olib borildi.
Yigʻilishda bir necha oylar davomida migratsiya boʻyicha oʻtkazilgan oʻrganish va tadqiqotlar natijasida toʻplangan maʼlumotlar, taklif va tavsiyalar umumlashtirilib, ishchi guruh aʼzolari tomonidan birma-bir muhokamadan oʻtkazildi.
Yakunda migratsiya strategiyasining dastlabki loyihasi shakllantirildi hamda loyihani xalqaro standartlar va migratsiya boʻyicha global shartnoma maqsadlariga muvofiqlashtirishga kelishib olindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.