“O'zbekistonning noyob taomlari” tanlovining yakuniy natijalari e'lon qilindi

    Turizm 3 Iyul 2020 2245

    Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi va Gastronomik turizm assotsiatsiyasi tomonidan yurtimizning gastroturistik salohiyatini yanada oshirish, yoqolib borayotgan noyob taomlarni qayta tiklash va ularni dunyoga tanitish maqsadida O'zbekistonning noyob taomlari tanlovi elon qilingan edi.

    Tanlovga jami 37 nafar ishtirokchi oz retseptlari bilan ishtirok etdi. Jumladan, Andijon viloyatidan - 2 nafar, Fargona viloyatidan - 3 nafar, Jizzax viloyatidan - 1 nafar, Navoiy viloyatidan - 2 nafar, Qashqadaryo viloyatidan - 1 nafar, Qoraqalpog'iston Respublikasidan - 4 nafar, Samarqand viloyatidan - 4 nafar, Sirdaryo viloyatidan - 3 nafar, Surxondaryo viloyatidan - 2 nafar, Xorazm viloyatidan - 4 nafar, Toshkent viloyatidan - 4 nafar va Toshkent shahridan 7 nafar ishtirokchi tanlov uchun taomlar retseptlarini yuborgan. YUborilgan har bir material ekspertlardan iborat hakamlar hay'ati tomonidan diqqat bilan organildi.

    Dastlab ular orasidan 15 tasi saralab olingan bolsa, song 7 nafar ishtirokchi yakuniy bosqichga otkazildi. Tanlov materiallari yuborilgan retseptlarning original va qadimiyligi, retseptda taom tarixiga oid qiziqarli ma'lumotlar va faktlarning mavjudligi, tanlov nizomiga to'liq amal qilinganligi kabi mezonlar asosida anonim tarzda baholandi.

    Tanlov yakunlariga ko'ra, quyidagi ishtirokchilar sovrinli orinlariga loyiq deb topildi: 1-orin: Azamat Ro'ziboev 2-orin: Anvar Xo'jaqulov 3-o'rin: Nozimabonu SHerbekova Goliblar tashkilotchilar tomonidan 5 000 000 (besh million), 3 000 000 (uch million) va 2 000 000 (ikki million) som miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

    Saralangan retseptlar “O'zbekistonning noyob taomlari” kitobiga ishtirokchining ism familiyasi bilan birga kiritiladi. Kitob bir necha xorijiy tilga tarjima qilinadi. O'rin Hakamlar hay'ati a'zolari ovozlari A.Azimov N.Jabborov G.Odilova O'.Saidov L.Rahmanbaeva I Azamat Ro'ziboev Ahmad Hamdamov Azamat Ro'ziboev Azamat Ro'ziboev Azamat Ro'ziboev II Guli Usmonova Azamat Ro'ziboev Anvar Xo'jaqulov Anvar Xo'jaqulov Anvar Xo'jaqulov III Iroda Ablaqulova Nozimabonu SHerbekova Nozimabonu SHerbekova Nozimabonu SHerbekova Nozimabonu SHerbekova