Bu haqda “Dunyo“ AA xabar berdi.
Bu lavozimga tayinlangunga qadar Alisher Toʻxtayev Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi lavozimida ishlagan.
Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi Toshkent davlat yuridik universiteti) tugatgach, Tashqi ishlar vazirligi, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Prezident Administratsiyasida masʼuliyatli lavozimlarda ishlagan.
Shuningdek, Alisher Toʻxtayev 2021–2024-yillarda Oʻzbekistonning Pokistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Oybek Usmonov oʻrniga tayinlangan.