Oʻzbekistonning qaysi hududida aholi eng zich joylashgan?

    Oʻzbekiston Respublikasida 2025-yil 1-yanvar holatiga bir kvadrat kilometrga oʻrtacha 86,6 kishi toʻgʻri kelmoqda. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.

    Bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,6 kishiga koʻpaygan.

    Hududlar boʻyicha aholi zichliginig eng yuqori koʻrsatkichlari Toshkent shahrida bir kvadrat kilometrga oʻrtacha 6 948,1 kishini, Andijon viloyatida 804,9 kishini hamda Fargʻona viloyatida 613,1 kishini tashkil etgan.

    Hududlar kesimida bir kvadrat kilometrga toʻgʻri keladigan aholi soni:

    1. Qoraqalpogʻiston R. – 12,2 kishi

    2. Andijon viloyati – 804,9 kishi

    3. Buxoro viloyati – 51,6 kishi

    4. Jizzax viloyati – 72,5 kishi

    5. Qashqadaryo viloyati – 127,4 kishi

    6. Navoiy viloyati – 9,9 kishi

    7. Namangan viloyati – 420,9 kishi

    8. Samarqand viloyati – 256,3 kishi

    9. Surxondaryo viloyati – 146,5 kishi

    10. Sirdaryo viloyati – 217,5 kishi

    11. Toshkent viloyati – 205,3 kishi

    12. Fargʻona viloyati – 613,1 kishi

    13. Xorazm viloyati – 335,9 kishi

    14. Toshkent shahri – 6 948,1 kishi