O'zbekistonning Qozog'istondagi elchixonasi vatandoshlarni ogohlikka chaqiradi

    Dolzarb 24 Aprel 2024 1050

    O'zbekistonning Qozog'istondagi elchixonasi ishlash uchun ushbu mamlakatga borayotgan vatandoshlarimizni firibgarlik harakatlaridan ogohlikka chaqirdi.

    Elchixona telegram-kanali ma'lumotiga ko'ra, so'nggi vaqtlarda, Qozog'istonga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida kelgan yoki mehnat faoliyatini olib borayotgan O'zbekiston fuqarolariga o'zini elchixona yoki konsulxona vakili sifatida tanishtirayotgan firiblarga ma'lum bir pul evaziga hujjatlarni rasmiylashtirish uchun fuqarolik pasportlarini berish holatlari kuzatilmoqda. O'zbekiston elchixonasi bunday insonlarning gapiga ishonmaslikka va fuqarolarimizdan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni begonalarga bermaslik, ishlash yoki vaqtincha yashash ruxsatnomalarni olish maqsadida fuqaroning shaxsan o'zi aholiga xizmat ko'rsatish markazlariga murojaat etishi zarurligini eslatgan.

    Eslatib o'tamiz, ishlash yoki vaqtincha yashash ruxsatnomasini olish uchun fuqaro shaxsan Aholiga xizmat ko'rsatish markazlariga (SON) murojaat etishi zarur.