“Oʻzbekistonda, jumladan, qurilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar Pokiston keng jamoatchiligi va Pokiston ommaviy axborot vositalari mutaxassislari tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olinmoqda”, deya qayd etadi agentlik bosh muharriri Riyoz Ahmad.
Maqolada Oʻzbekistonda qurilish sohasida olib borilayotgan ishlarga toʻxtalar ekan, “Bu yil qishloq joylarda 12 mingdan ziyod uy va shaharlarda 18 mingga yaqin koʻp qavatli uy qurilmoqda”, — deb yozadi muallif. Shu bilan birga, u Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Sardoba” suv omborida sodir boʻlgan favqulodda vaziyat oqibatida zarar koʻrgan fuqarolar uchun 86 ta besh qavatli uy-joy majmuasini qurilishi tashabbusini yuqori baholadi.
Bundan tashqari, maqolada Oʻzbekiston hukumatining mamlakatimizda ilmiy-tadqiqot institutlarini yaratish borasidagi harakatlariga ijobiy baho berilgan.
Mamlakatimiz rahbariyatining Nukus shahrini obodonlashtirish va koʻchalarni koʻkalamzorlashtirish, suv omborlari, bogʻlar, maydonlar, shuningdek, koʻplab savdo doʻkonlari va maishiy xizmat koʻrsatish markazlarini yaratish loyihalarini amalga oshirish orqali Qoraqalpogʻiston aholisining dam olish sharoitini kengaytirishga daʼvati ham ijobiy qayd etildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.
“Umuman olganda, Oʻzbekistonning bu boradagi tajribasi boshqa mamlakatlar, shu jumladan har yili tabiiy ofatlardan aziyat chekayotgan Pokiston uchun foydali boʻlishi mumkin”, deb xulosa qilinadi maqolada.