Oʻzbekistonning Seuldagi elchixonasi fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi

    Dolzarb 30 Oktabr 2023 1959

    Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi ushbu davlatda boʻlib turgan vatandoshlarga shu kunlarda odamlar gavjum tadbirlar, turli xildagi miting va namoyishlarda qatnashmaslikni tavsiya qildi.

    Maʼlum qilinishicha, 2022-yilning 29-oktyabr kuni Hellouin bayrami nishonlangan Seulning Itevon koʻchasida tiqilinch roʻy berib, nafas qisilishi va yurak toʻxtashidan 156 kishi halok boʻlgan, 196 nafari esa jarohat olgan edi. Ushbu fojea natijasida Oʻzbekiston Respublikasining 1 nafar fuqarosi ham hayotdan bevaqt koʻz yumgan.

    Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi ushbu davlatda boʻlib turgan vatandoshlarimizga shu kunlarda odamlar gavjum tadbirlar, turli xildagi miting va namoyishlarda qatnashmaslikni hamda fuqarolarimiz ishtirokida favqulodda vaziyatlar roʻy bergan holatlarda elchixonaning quyidagi masʼul xodimlariga zudlik bilan qoʻngʻiroq qilishlarini tavsiya qiladi:

    1. Konsul Elyor Nishonov – 010-6802-1969.
    2. Vitse-konsul Azamat Boltayev – 010-2909-4334.
    3. Attashe Abdumannon Isanov – 010-3213-4505.