Oʻzbekistonning Singapur va Avstraliyadagi elchisi oʻz missiyasini yakunladi

    Qahramon Shokirov Oʻzbekiston TIV markaziy apparati boshqarma boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

    Oʻzbekistonning Favqulodda va Muxtor elchisi Qahramon Shokirov Singapur va Avstraliyadagi diplomatik missiyasini yakunladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

    Elchi Toshkentga qaytishdan avval Singapur vazirlik va idoralarida qator uchrashuvlar oʻtkazdi.

    Muloqotlar chogʻida Oʻzbekiston-Singapur munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

    Tomonlar 2023-yilning yanvar va may oylarida amalga oshirilgan oliy darajadagi tashriflarning samarali natijalari sheriklikning deyarli barcha yoʻnalishlari boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish imkonini bergani alohida taʼkidladilar.

    Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) hamda Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining 53 yoshli bitiruvchisi Qahramon Shokirov mamlakatimizning 2018–2024-yillarda Singapurdagi va 2022-2024-yillarda oʻrindoshlik asosida Avstraliyadagi (qarorgohi Singapur shahrida) elchisi sifatida akkreditatsiyadan oʻtgan.

    Qahramon Shokirov Oʻzbekiston TIV markaziy apparati boshqarma boshligʻi lavozimiga tayinlandi.