Bugun Oʻzbekistonning turistik salohiyati Yaponiyaning NHK telekanalining mashhur “Dunyoda ajoyibotlar koʻp” teledasturida namoyish etiladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu dasturning mavzusi “Muhtasham Ipak Yoʻli: Oʻzbekistonga eʼtibor”. Dastur ayniqsa yapon ayollari orasida juda mashhur boʻlib, Oʻzbekiston haqidagi teledasturning namoyish qilinishi yapon sayyohlik ixlosmandlari orasida qizgʻin muhokamaga aylandi. Teledasturda Oʻzbekiston sayyohlik salohiyatining namoyish qilinishi yaponiyaliklar orasida mamlakatimizni turistik yoʻnalish sifatida tanitishga katta taʼsir koʻrsatadi.