Jumladan:
- yalpi ichki mahsulot hajmi ilk bor 80 milliard dollardan oshdi (2018-yilda 52 milliard dollar boʻlgan);
- iqtisodiyotimizga shu yilning oʻzida 8 milliard dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar kirib keldi, eksportimiz esa 19 milliard dollarga yetdi (2018-yilda 14 milliard dollar boʻlgan);
- bu yil tariximizda ilk bor pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori minimal isteʼmol xarajatlaridan kam boʻlmagan darajaga olib chiqildi.
Prezident ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini, aholi jon boshiga daromadlarni oshirish siyosati izchil davom ettirilishini taʼkidladi.