Oʻzbekistonning yangi elchisi Bryusselga tashrif buyurdi

    Dolzarb 6 Dekabr 2023 1211

    Oʻzbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Gʻayrat Fozilov kecha tunda Belgiya va Yevropa Ittifoqi poytaxtiga tashrif buyurdi

    Gʻayrat Fozilov 2015–2017 va 2021–2023-yillarda Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari lavozimida ishlagan. TIV qoshidagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.

    1996-yildan buyon TIV tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. Diplomatik xizmatini Yevropa davlatlari bilan hamkorlik boʻyicha boshqarma attashesi sifatida boshlagan. TIV markaziy apparatida, Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashida, shuningdek, mamlakatimizning Fransiya, va Belgiyadagi elchixonalarida, NATO huzuridagi missiyada turli lavozimlarda ishlagan. 2018-2021-yillarda Yaponiyadagi elchi vazifasida faoliyat yuritgan.

    Diplomat fransuz va ingliz tillarini biladi.

    Gʻayrat Fozilov 2017–2023-yillarda Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgdagi elchi, Oʻzbekistonning Yevropa Ittifoqi va NATOdagi (qarorgohi Bryussel shahrida) vakolatxonalari rahbari lavozimlarida ishlagan Dilyor Hakimov oʻrniga tayinlandi.