Taqdimot marosimidan soʻng boʻlib oʻtgan suhbatda Oʻzbekiston-Germaniya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Germaniya rahbari soʻnggi yillarda ikki tomonlama munosabatlarning jadallashgani va sheriklik keng koʻlamli yoʻnalishlarini qamrab olganini mamnuniyat bilan qayd etdi, shuningdek, GFR Oʻzbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.
Frank-Valter Shtaynmayerga Oʻzbekiston rahbariyati va xalqiga muvaffaqiyat va farovonlik tiladi.
Germaniya Federal prezidenti qarorgohida boʻlib oʻtgan ishonch yorliqlarini topshirish marosimi yakunida harbiylar yuksak hurmat bajo keltirgan holda, Vatanimiz bayrogʻini baland koʻtarishdi.
Eslatib oʻtamiz, Dilshod Axatov Berlinga tayinlanganiga qadar 2020-2023-yillar Oʻzbekistonning Hindistondagi elchixonasiga rahbarlik qilgan. U 51 yoshda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini tamomlagan.
TIV tizimida stajyor sifatida ish boshlagan, boshqarma va Bosh boshqarma boshligʻi, tashqi ishlar vaziri oʻrinbosarigacha boʻlgan bosqichlarni bosib oʻtgan. 2010-2013-yillarda Germaniyada elchi, shuningdek, Shveysariya, Chexiya, Shvetsiya va Ispaniyada oʻrindoshlik asosida elchi boʻlib ishgan.
Dilshod Axatov 2017-2023-yillarda mamlakatimizning Germaniyadagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qilgan Nabijon Qosimov oʻrnini egalladi.