Rasmiy marosimdan soʻng boʻlib oʻtgan suhbatda joriy yil iyun oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi muzokaralar natijasida alohida surʼat bagʻishlangan Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikning holati hamda istiqbollari, shuningdek, boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvali muhokama etildi.
Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari, protokol xizmati rahbari Oʻzbekiston elchisiga ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish borasidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonning yangi elchisi Alisher Abdusalomov 29-avgustda Seulga borgan edi. U bungacha Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Kotibiyatiga rahbarlik qilgan.
Alisher Abdusalomov 1995-yildan 2024-yilgacha qisqa tanaffus bilan Oʻzbekistonning Seuldagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Vitaliy Fen oʻrniga tayinlandi.