Maʼlumot uchun: Ikki davlat aviatsiya hukumatlari oʻrtasidagi oxirgi maslahatlashuvlar 2018-yilda oʻtkazilgan boʻlib unga koʻra ikki mamlakat oʻrtasidagi aviaqatnovlar har bir tomon aviakompaniyalari uchun haftasiga 10 tadan etib belgilangan va har bir tomondan 2 tadan aviakompaniyalarga aviaqatnovlarni amalga oshirish huquqi berilgan.
Muzokaralar davomida Oʻzbekiston bilan Koreya aviatsiya hukumatlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, tayinlangan aviakompaniyalar soni boʻyicha cheklovni bekor qilish, ularga parvozlar uchun tegishli huquqlar berish, ikki davlat oʻrtasidagi aviaqatnovlar sonini oshirish hamda parvozlar geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi aviaqatnovlar Uzbekistan airways aviakompaniyasi, shuningdek, kelgusida Oʻzbekiston tomonidan tashkil etilgan yangi rezident aviakompaniyalar (Qanot Sharq, My Freighter, Air Samarkand) tomonidan ham amalga oshirilishi maʼlum qilindi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.