Bugunga qadar D.Ahadov tashqi ishlar vaziri o'rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Joriy yil 28 iyun` kuni 48 yoshni qarshilaydigan diplomat sohadagi faoliyati davomida vazirlik tizimining qator boshqarmalari, bosh boshqarma boshlig'i, O'zbekistonning Germaniya, SHveytsariya, CHexiya, SHvetsiya va Ispaniyadagi elchisi, vazir o'rinbosari kabi lavozimlarda ishlagan. Nemis va ingliz tillarini biladi.
Qayd etish joiz, bunga qadar O'zbekistonning Hindistondagi elchisi lavozimida Farhod Arziev (2017-2020 yillar) faoliyat yuritib kelayotgan edi. U 2020 yil 25 fevral` kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari etib tayinlandi.









