Marosimdan soʻng boʻlib oʻtgan muloqot chogʻida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, texnologik va madaniy-gumanitar sohalarda Oʻzbekiston–Norvegiya munosabatlarining holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, iqlim oʻzgarishi oqibatlariga qarshi kurashish, “yashil” energiyani rivojlantirish, qashshoqlikni kamaytirish, ayollar va yoshlarning jamiyatdagi rolini oshirish kabi muhim yoʻnalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi taʼkidlandi.









