Oʻzbekistonning yosh tibbiy xodimlari xalqaro maydonga chiqadi

    Salomatlik 19 Fevral 2024 1631

    Oʻzbekistonning yosh mutaxassislari, jumladan, tibbiyot sohasidagi yoshlar oʻzlarini xalqaro ilm sohasida faol namoyon qilib kelyapti.

    Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 29 yoshli shifokori, “Yosh mutaxassis” tanlovini muvaffaqiyatli oʻtagan yurtdoshimiz Edvard Axmadiyev Sankt-Peterburgdagi konferens-marafonda oʻz ilmiy ishini taqdim etdi.

    Uning ilmiy ishi ona va boʻlajak bolaning sogʻligiga tahdid soluvchi preklampsiya kaschalligi paytida aniq tashxis qoʻyishga yoʻnaltirilgan zamonaviy tadqiqotlarga bagʻishlangan edi. Tibbiyot fanining oʻzbekistonlik yosh vakilining maʼruzasi shifokorlar uchun amaliy yoʻnalish sifatida tan olindi, hamda hamkasblarining sezilarli qiziqishini uygʻotdi.

    Э.Ахамдиевнигн fikricha, konferensiya oʻzining mavqei bilan, katta miqdordagi ilmiy va amaliy innovatsiyalar va ishlanmalar bilan jozibador ekan. Endilikda ularning eng yaxshilari mamlakatimiz sogʻliqni saqlash tizimida qoʻllash uchun Respublika ona va bola markazi va uning hududiy filiallaridan kelgan hamkasblar oʻrtasida muhokama etiladi.

    Umuman olganda, 15—17-fevralda Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan X Butunrossiya “Perinatal tibbiyot: pregvarid tayyorlanishdan sogʻlom onalik va bolalikka” mavzusidagi konferens-marafonda uchta ilmiy maʼruza taqdim etildi. Undan tashqari, forumda yana 5 nafar oʻzbekistonlik mutaxassis bevosita ishtirok etdi. Konferens-marafonda oʻzbekistonlik vakillar qatorida xorijiy ishtirokchilar sifatida Qozogʻiston, Belarus, Polshadan kelgan mutaxassislar ham qatnashdi.

    Konferens-maraforn oʻz oldiga akusher-ginekologlarning, neonatologlarning, pediatrlarning ayollar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordamni takomillashtirish borasidagi harakatlarini birlashtirish maqsadini qoʻygan. Uch kun ichida Rossiyaning eng yaxshi soha ekspertlari, boshqa mamlakatlar vakillari perinatal tibbiyotga, tugʻruqqa yordam berishga, hamda ona va bola salomatligini muhofaza qilishning muhim jihatlariga oid mavzularni batafsil tahlil qildilar.

    Bu yil bu yerda 274 nafar spiker soʻzga chiqqan, 546 ta maʼruza taqdim etilgan 188 ta seksiyaning ishi tashkil etilgan. Bevosita ishtirokchilar 2 981 kishini tashkil etgan boʻlsa, forumga onlayn shaklda 5 762 nafar mutaxassis qoʻshildi.

    Respublika ona va bola salomatligi markazi vakillari ushbu keng miqyosli tadbirda anʼanaviy ravishda ishtirok etyapti. Va bu tadbir ular uchun yangi tibbiy texnologiyalar boʻyicha tajriba almashish imkoni, shuningdek, amaliy tibbiyot va kasbiy taʼlim sohasidagi hamkorlikni muhokama qilish maydoni boʻlib xizmat qiladi.

    Shunday qilib, Ona va bola markazi Sankt-Peterburgning uchta yetakchi tibbiyot markazlari bilan yaqin hamkorlik aloqalarni oʻrnatgan. Ular Д.О.Отта nomidagi akusherlik, ginekologiya va reproduktologiya ilmiy tekshirish instituti, В.А.Алмазов nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot markazi, Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universitetidir.

    Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.