Oʻzbekiston—Qozogʻiston hamkorlikdagi oʻquvi boshlandi

    Harbiy 3 Noyabr 2021 1435

    Qozogʻiston Respublikasida “Qalqon-2021” oʻzbek-qozoq oʻquvlari boshlandi.

    Jambul viloyatining “Gvardeyskiy” oʻquv markazi hamda “Matibuloq” dala oʻquv maydonida oʻtkazilishi rejalashtirilgan mashgʻulotlarning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Shundan soʻng ishtirokchilarga qurol-aslahalar biriktirilib, barcha harbiy xizmatchilar hududdagi shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.

    Ushbu oʻquv mashgʻulotlari harbiy hamkorlik sohasini rivojlantirish va jangovar birodarlikni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Taʼkidlash kerakki, “Qalqon-2021” oʻzbek-qozoq oʻquvlari dastlab 2019-yilda yurtimizda oʻtkazilib, harbiy hamkorlikka mustahkam asos qoʻyilgan edi.

    Boshqaruv organlari jipsligini taʼminlash, boʻlinmalarning guruh tarkibida va shaxsiy bilim, koʻnikmalarini takomillashtirishga xizmat qiladigan oʻquv mashgʻulotlari hafta oxiriga qadar davom etadi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.