“Oʻzbekneftgaz” Afgʻonistonga neft-gaz mahsulotlarini yetkazib berishga kelishdi

    Energetika 27 Oktabr 2020 457

    “Turkmenistan-Afghanistan Railway Company” kompaniyasi bilan eksport hamkorligi yoʻlga qoʻyildi.

    “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi topshirigʻiga koʻra, Tijorat departamenti tomonidan neft-gaz mahsulotlari eksporti geografiyasini kengaytirish boʻyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

    2020-yil davomida xaridorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali Pokiston, Afgʻoniston va Qirgʻiziston kabi mamlakatlarga turli mahsulotlar eksport qilindi.

    Tijorat departamenti tomonidan “Turkmenistan-Afghanistan Railway Company” kompaniyasi vakillari bilan Afgʻoniston Islom Respublikasiga “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni yetkazib berish boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi.

    Muzokaralar yakunida eksport shartnomasini tuzish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.