Bundan tashqari ushbu yigʻilishda, Kuzatuv kengashi aʼzolari tomonidan klubga yangi prezident tayinlash masalasi ham koʻrib chiqildi va nafaqat Oʻzbekistonda, balki Osiyoda ham oʻz nomi va oʻrniga ega boʻlgan “Bunyodkor” futbol klubi rahbariyatida oʻzgarish roʻy berdi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Razzoqovich Abdullayev rasman “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti etib tayinlandi.

Oʻz navbatida, Abdullayev Mehriddin Razzoqovichga “Bunyodkor» futbol klubi prezidenti lavozimi davrida katta omad va zafarlar tilab, ularning rahbarligi ostida “Bunyodkor” oʻzining shonli tarixi qaytishiga, jamoamiz yana chempionlik uchun kurashishiga, Osiyo chempionlar ligasida yana muntazam tarzda toʻp surishiga ishonamiz!

Maʼlumot uchun: Mehriddin Abdullayev 1969-yil Buxoro viloyati Jondor tumanida tugʻilgan. Mutaxassisligi – iqtisodchi, huquqshunos. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, Oʻzbekiston milliy banki va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.