“Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi AYOQSHlarda Ai-80 markali avtobenzinning narxi oʻzgarmagan

    Sanoat 5 Iyul 2022 1574

    Ayrim OAV va ijtimoiy tarmoq sahifalarida 2022-yil 5-iyul kunidan “Oʻzbekneftgaz” AJ AYOQSHlarida Ai-80 markali benzin narxi oshganligi toʻgʻrisida turli xabarlar tarqaldi.

    “Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati maʼlum qilishicha, “Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi UNG Petro AYOQSHlarida bugungi kunda 1 litri 6 800 soʻmni tashkil qilayotgan Ai-80 markali avtobenzinning chakana narxi oshmagan.

    Taʼkidlanishicha, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan 2022-yilning shu davriga qadar 749,7 ming tonna xomashyo qayta ishlandi. Jumladan, avtobenzin (109,5 %), dizel yonilgʻisi (113,2 %) boʻyicha belgilangan prognoz koʻrsatkichlari ijrosi toʻliq taʼminlandi.

    Shuningdek, 72,7 ming tonna Yevro 4-5-6 ekologik toifadagi dizel yonilgʻisi hamda 179 tn miqdorida yuqori oktanli AI-98 rusumli avtomobil yonilgʻisi ishlab chiqarildi.