Olib borilgan ishlar natijasida avtobenzin taqchilligining oldi olinib, isteʼmolchilar talab va takliflariga binoan narxlarning arzonlashtirilishi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyildi.
Benzin taqchilligini oldini olish va uning narxlarini arzonlashtirish borasida “Oʻzbekneftgaz” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va “Tovar xomashyo birjasi” AJ hamkorligida chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Natijada “Oʻzbekneftgaz” AJga qarashli AYOQSHlarda bugun, 17-dekabr kunidan boshlab “AI-80” markadagi benzin 6890 soʻmdan arzonlashtirilib, har bir litri uchun 6500 soʻm narxda sotuvga chiqarildi.
Respublika hududidagi “Oʻzbekneftgaz” AJning barcha AYOQSHlarda benzin shu belgilangan narxda sotilishi taʼminlanadi.