O'zbekning "Do'ppi"si sahnaga chiqadi

    Spektaklda do'ppining xususiyatlari, qanchalik qadrli ekani alohida e'tirof etiladi.

    Andijon viloyati qo'g'irchoq teatrida o'ziga xos uslubdagi, o'zbek milliy qadriyatlari aks etgan, sarguzashtlarga boy "Do'ppi" spektaklining repititsiya jarayonlari qizg'in davom etmoqda.

    Muallif Hilolaxon Ziyaeva, rejissyorlar Dilmurod Shayxov hamda Rashit Chuqqiev, rassom Furqatbek Hamidov. Aktyorlar Nigora Kazakova, Dadajon Otajonov, Mavluda Parpieva, Akrom Majidov, Hayotbek Aliboev, Shamsiddin Mo'ydinov va boshqalar.

    Spektaklda do'ppining xususiyatlari, qanchalik qadrli ekani alohida e'tirof etiladi.