- Qishloq xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va infratuzilmani rivojlantirish boshqarmasi (4 ta shtat) negizida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 12 ta shtat birligidan iborat Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi tashkil etildi.
Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari – Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimi joriy qilindi.
- Qishloq xoʻjaligi vazirligiga oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha vazifalar yuklandi.
III. “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK (keyinchalik - Xolding) tugatilmoqda.
- “Oʻzbekoziqovqatxolding” XKni tugatish komissiyasi tuzilgan.
- Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish maqsadida Qishloq xoʻjaligi vazirligining Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:
- oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha ilk marotaba tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplash;
- oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha ilk marotaba tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning infratuzilmasini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplash;
- oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 50 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplash belgilandi.
- 2021–2023-yillarga moʻljallangan sanoatbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish dasturi shakllantiriladi.
VII. Kadrlarga boʻlgan ehtiyojlar asosida 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab respublika oliy taʼlim muassasalarining “Oziq-ovqat texnologiyasi” hamda “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kabi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriatning kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari bosqichma-bosqich oshirib boriladi.