“Oʻzenergosotish” AJga yangi rais tayinlandi

    Obidjonov Jahongir Obidjonovich “Oʻzenergosotish” AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.

    J.Obidjonov 1976-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1998-yil Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti hamda 2006-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

    J.Obidjonov 2004 – 2007-yillarda Markaziy bankda turli lavozimlarda, 2007 – 2017-yillarda “Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki” OATB boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari, 2017 – 2019-yillarda “Oʻzbekenergo” AJ boshqaruv raisi oʻrinbosari, keyinchalik boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi, 2020 – 2022-yillarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

    U 2024-yilda Angliyaning “Anglia Rusking University” universitetida “Biznes boshqaruvi magistri” (MBA) magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomladi.