“O‘zenergosotish” aktsiyadorlik jamiyatiga matbuot kotibi tayinlandi

    Mamatov Rustam O'roqboevich “O‘zenergosotish” aktsiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisining Axborot siyosati va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

    R.Mamatov 1988 - yilda Samarqand viloyatida tug'ilgan. U bunga qadar O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati Media markazida faoliyat yuritgan.

    Lavozimga tayinlov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko'ra amalga oshirildi.