Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanida yashovchi 26 yoshli J.N. sodir etganligi aniqlangan.
Gumon qilinuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan J.N. “Telegram” messenjeridagi “Bank xabarlari” nomli guruhda internet foydalanuvchilariga oʻzini onlayn kredit olishga yordam berishini aytib, ularning ruxsatisiz (bexabarligidan foydalangan holda) pasport maʼlumotlari orqali tegishli bank mobil ilovalaridan roʻyxatdan oʻtib, onlayn kredit rasmiylashtirib, egallangan pullarni oʻzlashtirib kelganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, J.N.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.