Oʻzganing bank mobil ilovasiga ulanib olgan shaxs ushlandi

    Qashqadaryo viloyatida yashovchi ayol oʻzining bank mobil kartasidan 1 mln.ga yaqin pul mablagʻlari yechib olingani boʻyicha IIOga murojaat qildi.

    Murojaatga asosan tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida, mazkur jinoyatni Samarqand viloyatida yashovchi М.М. sodir etganligi aniqlandi.

    Qayd etilishicha, gumonlanuvchi М.М. jabrlanuvchi ayol Х.М.га "SMS" xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali uning shaxsiy maʼlumotlarini qoʻlga kiritadi. Shundan soʻng, jabrlanuvchining bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib, uning 1 mln.га yaqin pullarini oʻzlashtirib oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

    Hozirda holat yuzasidan М.М.га nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    Eslatib oʻtamiz, qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlarni sodir etganlik uchun 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.