Bu haqda IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Oʻtkazilgan tadbirda mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi 40 yoshli М.А. sodir etganligi aniqlandi.
Maʼlumotlarga koʻra, gumonlanuvchi М.А., jabrlanuvchi А.О.ga "SMS" xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy maʼlumotlarini qoʻlga kiritib, uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va uning nomidan 15 mln. onlayn kredit rasmiylashtirib, oʻsha vaqtning oʻzida mazkur pullarni oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank plastik kartasiga oʻtkazib olgan va oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligi maʼlum boʻldi.
Hozirda holat yuzasidan М.А.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Eslatib oʻtamiz, qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.