Qayd etilishicha, Andijon tumanida yashovchi М.К. Xoʻjaobod tumanidagi uyini Н.Р. va uning oila aʼzolari yashab turishi uchun ijaraga bergan. Biroq mulk egasi xonadonini qaytarib olish fursati yetganda uni qaytarib ololmagan.
Ushbu holat sudga oshirilgach, Н.Р. va uning oila aʼzolari М.К.га tegishli xonadondan majburiy tartibda koʻchirilishi belgilandi.
Shundan soʻng, Majburiy ijro byurosi Xoʻjaobod tuman boʻlimi davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjatining ijrosini taʼminlash maqsadida majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.
Sud qaroridan soʻng, oʻzganing mulkini asossiz tarzda egallab olgan oila vakillari xonadondan majburiy tartibda koʻchirildi va uy oʻz egasiga topshirildi.